Yevropa ligasi. Manchester Yunayted - LASK uchrashuvida gretsiyalik hakam ishlaydi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2020
UEFA Yevropa ligasi 1/8 final doirasidagi 4ta o'yinda ishlaydigan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi.

Inter - Xetafe uchrashuvini Entoni Teylor boshchiligidagi ingliz hakamlari boshqarishadi. Manchester Yunayted - LASK o'yini bosh hakami gretsiyalik Tasos Sidiropulos bo'ladi. Shaxter - Volfsburg bahsida slovakiyalik Ivan Krujlyak ishlaydi. Kopengagen - Istanbul uchrashuvini italiyalik Daniele Orsato boshqarib boradi.

Bu o'yinlar 5 avgust kuni bo'lib o'tadi. 6 avgust kuni bo'lib o'tadigan 1/8 finalning qolgan 4ta uchrashuvi hakamlari bugun e'lon qilinadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com