Yevropa ligasi. “Zenit” mag'lub bo'lsada, yurishini davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
4 avg 2017
“Zenit” Yevropa ligasining 3-saralash bosqichida o'z maydonida Isroilning “Bney Ieguda” klubidan mag'lub bo'ldi-0:1.

Mag'lubiyatga qarmay Manchini shogirdlari musobaqada o'z yurishlarini davom ettirishadi. Sababi birinchi uchrashuvda ular safarda 2:0 hisobida zafar quchishgan edi.

Zenit Rossiya – Bney-Ieguda Isroil 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 67 Buzaglo.

Zenit – Lodygin, Netu, Terentev, Anyukov (Kokorin, 73), Garsiya (Ivanovich, 80), Noboa, Juliano (Driussi, 78), Jirkov, Ernani, Dzyuba, Poloz.

Bney-Ieguda –Zubas, Azuz, Xabshi, Turgeman, Kandil (Gabay, 88), Ben Ari, Finish (Ashkenazi, 90), Gordana, Valskis (Xozez, 61), Buzaglo, Tshibota.

Ogohlantirish: Kandil (62), Driussi (85).



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia