Yevropa Ligasi: "Zenit" - "Sevilya", "Dinamo" - "Fiorentina" va boshqa juftliklar

Aziz Tukhtamuradov
20 mar 2015
Yevropa Ligasi chorak finali uchun qur'a tashlash marosimini shu yerda onlayn ravishda kuzatib borish mumkin bo'ldi.


To'rtinchi juftlik: "Volfsburg" - "Napoli"

Uchinchi juftlik: "Dinamo" - "Fiorentina"

Ikkinchi juftlik: "Dnepr" - "Bryugge"

Dastlabki juftlik: "Sevilya" - "Zenit"


O'yinlar 16 va 23 aprel kunlari bo'lib o'tadi.

Shuningdek, "Dinamo" va "Dnepr" jamoalari bitta stadionda uy o'yinlarini o'tkazishlari sababli, jamoalardan biri o'z maydonida harakat qilgan kuni ikkinchisi avtomatik ravishda safarda maydonga tushadi.

Qur'a tashlashda polshalik sobiq darvozabon Eji Dudek ham ishtirok etadi.


Eslatib o'tamiz, Yevropa Ligasi finali Polsha poytaxti Varshava shahrida bo'lib o'tadi.


Ma'lum sabablarga ko'ra "Zenit" Ukraina jamoalari bilan to'qnash kelmaydi.


Qur'adan oldingi fikrlar:

"Bryugge" futbolchisi Tomas Mene: "Faqat ispanlar emas! "Volfsburg" bilan bahs qiziqroq bo'lgan bo'lardi".


"Dinamo" darvozaboni Aleksandr Shovkovskiy: "Asosiysi chorak finalga yetib keldik. Endi oldingi o'yin asosida keyingi uchrashuvlarni tashkil qilamiz".


"Napoli" esa eng kam gol o'tkazgan jamoa! Ular 10 ta o'yinda bor yo'g'i 4 ta gol o'tkazib yuborganlar.


Yevropa Ligasi chorak finalining eng sermahsul jamoasi Kievning "Dinamo" jamoasi. Ular turnirning 10 ta o'yinida 22 ta gol kiritishgan.


Chorak final ishtirokchilari:
"Bryugge"
"Volfsburg"
"Dnepr"
"Dinamo" Kiev
"Zenit"
"Napoli"
"Sevilya"
"Fiorentina"


Ma'lumki, Yevropa Chempionlar Ligasi qur'asi oldidan chorak final juftliklarini oldindan topgan muxlislarimiz bilan saytimizda suhbat tashkil etilishi aytib o'tilgandi. Ammo, ushbu juftliklarni hech kim topa olmadi.

Demak, tahminlaringizni Yevropa Ligasi uchun ham bildirib o'tishingiz mumkin. Eng to'g'ri variantni birinchi bo'lib topgan muxlisimiz bilan saytimiz orqali suhbat uyushtiriladi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia