Evropaning uchta nufuzli klubi Van Deykka ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025
"Liverpul" markaziy himoyachisi Virjil Van Deyk faoliyatini Evropaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Niderlandiyalik futbolchining "qizillar" bilan shartnomasi joriy mavsumdan so'ng tugaydi. Jurnalist Grem Beylining malumotlariga ko'ra, mersisaydliklar sardori o'ziga Evropa futbolining yirik klublari qiziqish bildirayotganidan xabardor. Yaqinda Chempionlar Ligasi doirasidagi PSJ – "Liverpul" o'yiniga Madridning "Real" va "Atletiko", shuningdek, Myunxenning "Bavariya" klubi vakillari keldi.

Virjil Van Deyk "Liverpul" safida jami 309 o'yin o'tkazib, 26 ta gol urgan. Mashhur centrbek iyul oyida 34 yoshga to'ladi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Tribuna.com

Izohlar

Фабрицио Романо
10 mar
34 ëш буса уже йетиб келибди. Псж билан уйинда куриниб колди.
mirabzal
10 mar
Реалга кереемас бу анча кари
mirabzal
10 mar
Реалга кереемас бу анча кари
Xursanbek Abduvaliyev
10 mar
Машхур центрбек русчами инглизчами бу