Evropaning yana bir nomdor klubi moliyaviy sabablarga ko'ra qattiq sankciyalarga uchrashi mumkin

Khoja
23 aug 2024
O'z davrida Liga 1 musobaqasining gegemoni bo'lgan va Evropada o'z o'rniga ega bo'lgan "Lion" hozirda qiyin ahvolga tushib qolgan.

Franciya klubi moliyaviy "Fair Play"ga amal qilishi uchun tarkibdagi deyarli barcha etakchilarini sotishga majbur. Lionliklar yoz yakuniga qadar 100 millionlik futbolchi sotishi shart, hozircha ular jami 24 million evrolik futbolchi sotishga erishdi. 

Agar jamoa ushbu talablarni bajarmasa kamida ochko olib tashlanadi yokida Liga 2 musobaqasigacha tushirib yuborilishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq moliyaviy qiyinchiliklar sababli Franciyaning yana bir mashhur klubi "Bordo" professional maqomidan ayrilgandi.


KhojaMaqola muallifi
Muqova: championat.com

Izohlar

Rasul Matkarimov
23 aug 2024
Abetdan keyin yana yozinglar yetib kelmayapdi
SO'G'DIYONA Jizzax
23 aug 2024
Пазор СА битта хабарни 576 марталаб езилар
Dilmurod Umarov
23 aug 2024
Menimcha shu qoidani sal yumshatish kerak,juda ko'plab klublar bankrot bo'lib ketyapti shuning orqasidam