Fabio Kannavaro Italiyaning yirik hisobdagi mag'lubiyatiga izoh bermadi

Абдулвосит Бектемиров
18 noya 2025
MTJ bosh murabbiyi Italiyaning Norvegiyadan uchralgan yirik mag'lubiyati haqida gapirib o'tdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining italiyalik bosh murabbiyi va sobiq futbolchi Fabio Kannavaro O'zbekiston terma jamoasining kechagi mashg'ulotlari jarayonida jurnalist, Italiya terma jamoasining JCH-2026 saralash musobaqasining 8-turidan o'rin olgan Norvegiyaga qarshi bahsi va Italiyaning yirik mag'lubiyati haqida izoh so'radi. Kannavaro esa natijani izohlashdan bosh tortdi.

Jurnalist: - Janob, 1:4 qanday ro'y berdi? O'yinga izoh bersangiz...

Kannavaro: - 1:4?. Qaysi 1:4 ekanligini bilmayman do'stim.

Eslatib o'tamiz, Jennaro Gattuzo boshchiligidagi Italiya terma jamoasi JCH-2026 saralash musobaqasida Norvegiya, Isroil, Estoniya va Moldova terma jamoalar bilan bir guruhdan o'rin olgan edi va yakunda 18 ochko guruhda ikkinchi o'rinni egalladi. "Skuadra Adzurra" ikki uchrashuvda ham Norvegiya terma jamoasiga yirik hisobda mag'lub bo'ldi.





Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: Championat.asia