Fabregas Bundesliga jamoasini boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
11 apr 2025
Sesk Fabregas "Komo" jamoasini boshqarishda o'zini yaxshi ko'rsatmoqda – jamoa hozirda Italiya chempionati turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi.

"Bild" nashrining xabar berishicha, Fabregas "Leypcig"ning short-listiga kiritilgan. "Buqalar" ayni paytda Marko Roze bilan xayrlashganidan so'ng jamoaga yangi murabbiy izlamoqda.

Shu bilan birga, "Leypcig"ning ro'yxatida ko'plab nomzodlar mavjud. Ispaniyalik yosh mutaxassis Fabregasdan tashqari, Oliver Glasner ("Kristal Pelas"), Mattias Yayssle ("Al Ahli"), Rojer Shmidt ("Benfika" sobiq ustozi) va Danni Rel ("Sheffild Uensdey") nomlari keltirilgan.

Takidlash joiz, "Leypcig" ayni paytda Germaniya chempionati turnir jadvalida 5-pog'onaga joylashgan.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Bild

Izohlar