Fabricio Romano: "Liverpul" futbolchisi "Al Ittifoq"qa o'tdi

Mirjalol Normatov
27 iyul 2023
"Liverpul" futbolchisi Jordan Xenderson "Al Ittifoq"qa o'tishga yaqin.

Insayder Fabricio Romano ma'lumotiga ko'ra, "Liverpul" yarim himoyachisi Saudiya Arabistoni klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. U Osiyo klubida yiliga 12 mln evro maosh oladi. Oldinroq "Al Ittifoq" boshqaruvini Stiven Jerrard qo'liga olgandi.

Xendo 2011 yildan buyon "Liverpul"da o'ynab kelmoqda. O'tgan mavsumda u jamoa tarkibida APLning 35 o'yinida maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano