

Musobaqaning amaldagi finalchisi ilk uchrashuvni Afrika qitasi vakili Marokashga qarshi o'tkazdi. Kurashlarga boy o'tgan bahsda hisob ochilmadi (0:0). Bu terma jamoalar shu vaqtgacha faqat bir marotaba kuch sinashishgan. 1996 yil o'rtoqlik bahsida tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekkan edi. 26 yildan so'ng ular yana yashil maydonda g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Biroq yana murosa ko'chasi tanlandi.
Ma'lumot uchun, "F" guruhidagi ikkinchi o'yin Belgiya - Kanada o'rtasida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.



