"FarDU" 15 fevraldan Toshkent shahrida yig'inga kirishadi, dastlabki raqiblar ma'lum

Alisher
9 fev 2025
Avval xabar berganimizdek, Sergey Lebedev boshqaruvidagi Farg'ona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi Pro-liga yangi mavsumiga tayyorgarlik doirasida 15 fevraldan 27 fevralgacha Toshkent shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi.

 Mazkur yig'in doirasida quyidagi o'rtoqlik uchrashuvlari rejalashtirilgan:


16-fevral, yakshanba.

"FarDU" - "Sho'rtan"


18-fevral, seshanba.

"Olimpik MobiUZ" - "FarDU"


20-fevral, payshanba.

"Paxtakor" U21 - "FarDU"


22-fevral, shanba.

"FarDU" - "OSHMU Aldaer" (Qirg'iz Respublikasi).


Yig'in doirasida tashkil etiladigan galdagi uchrashuvlar haqida navbatdagi xabarlarimizda ma'lumot beramiz.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia