Farg'ona viloyati birinchiligi. "Neftchi"da durang, "Cementchi"da g'alaba

Narzulla Saydullayev
3 oct 2020
Kecha futbol bo'yicha Farg'ona viloyati birinchiligi 2-liga bahslarida 8-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Dastlabki uchrashuvda Farg'onaning "Istiqlol" (U-18) jamoasi o'z maydonida Quvasoyning "Cementchi" klubini qabul qildi.



"Istiqlol" (U-18) - “Cementchi" 0:2
Gollar:
Ozodbek Komilov, 29 (0:1), Faxriyor O'rinboev, 50 (0:2)
Hakamlar: Shoxrux Azamov, Azizbek Isaqov, Jahongir Xusanov.



Farg'ona viloyati futbol Associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosir Otaqo'ziev har ikki uchrashuvni stadionning o'zidan kuzatib bordi.


Kunning ikkinchi o'yini Farg'onaning "Neftchi" (U-16) va Yozyovon tumanining "Yozyovon-Lochinlari" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi.

"Neftchi" (U-16) - “Yozyovon-Lochinlari" 2:2
Gollar:
Bilol Muxtorov, 4 (0:1), Akobir Ahmadjonov, 5 (1:1), Akobir Ahmadjonov, 45 (2:1), Bilol Muxtorov, 58 (2:2)
Hakamlar: Muhammadsulton Fozilov, Ahror Rahmatov, Jahongir Nematjonov.




Kun tartibidan o'rin olgan har ikki uchrashuv ham Farg'ona shahridagi "Istiqlol" sport majmuasining zahira maydonlarida o'tkazildi.



Bekzod Tolibov tayyorladi.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar