Farg'ona viloyatida Ikkinchi liga musobaqalari davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
28 jun 2021
Ayni kunlarda Farg'ona viloyatida ham Ikkinchi liga bahslari davom etmoqda.

Viloyatning jami 20 ta jamoasi "A" va "V" guruhlariga bo'lingan holda musobaqa g'olibligi uchun kurash olib bormoqdalar.

Musobaqa oldidan tashkil etilgan qura natijalariga ko'ra "A" guruhidan
"Neftchi-Xamza" (Oltiariq t), "FarDU" (Farg'ona davlat universiteti), "Zafar" (Uchko'prik t), "Cementchi" (Quvasoy sh), "Bag'dod" (Bag'dod t), "Yaypan" (O'zbekiston t), "Roshidon" (Rishton t), "Farg'ona" (Farg'ona sh), "Beshariq" (Beshariq t), 2-BO'SM (Marg'ilon sh) jamoalari o'rin olgan bo'lsa, "V" guruhidan "Atlaschi" (Marg'ilon sh), "Do'stlik" (Oltiariq t), "Furqat" (Furqat t), "Yozyovon-Lochinlari" (Yozyovon t), "Neftchi BO'FM" (Farg'ona sh), "Kimyogar 1984" (Qo'qon sh), "Toshloq" (Toshloq t), "Farg'ona FMM" (Farg'ona sh), BO'SM (Marg'ilon sh), "Yoshlik" (Qo'shtepa t) jamoalari o'zaro bahs olib boradilar.

O'tkazilgan ikkita turdan so'ng "A" guruhida "Beshariq", "Zafar", "Cementchi", "V" guruhida esa "Atlaschi" jamoalari yuz foizlik natija qayd etgan xolda peshqadamlik qilmoqdalar.

Tarkibida Farrux Turdaliev, Dilyor Irmatov, Mansur Saidov, Mo'ydin Mamazulunov, Pavel Smolyachenko kabi tajribali futbolchilar va Nigeriyalik legioner Afolabi Oluvatosinlar bo'lgan Farg'ona davlat universitetining "FarDU" klubi 1-turda O'zbekiston tumanining "Yaypan" jamoasini yirik 8:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. Biroq 2-turni mehmonda o'tkazgan farg'onaliklar kutilmaganda "Bag'dod" jamoasiga kichik 1:0 hisobida mag'lub bo'ldilar.

Ortda qolgan dastlabki ikki tur uchrashuvlarida quyidagicha natijalar qayd etildi:

"A"guruhi. 1-tur


"Beshariq" - "2-BO'SM" 10:2
"Neftchi-Xamza" - "Bag'dod" 1:1
"FarDU" - "Yaypan" 8:0
"Zafar" - "Roshidon" 2:1
"Cementchi" - "Farg'ona" 4:1

2-tur


"2-BO'SM" - "Farg'ona" 2:2
"Roshidon" - "Cementchi" 0:1
"Yaypan" - "Zafar" 2:2
"Bag'dod" - "FarDU" 0:1
"Beshariq" - Neftchi-Xamza" 2:1

"V" guruhi. 1-tur

"Yoshlik" - "BO'SM" 3:1
"Atlaschi" - "Neftchi BO'FM" 1:1
"Do'stlik" - "Kimyogar 1984" 3:1
"Furqat" - "Toshloq" 0:1
"Yozyovon-Lochinlari" - "Furqat FMM" 2:1

2-tur

"BO'SM" - "Farg'ona FMM" 2:8
"Toshloq" - "Yozyovon-Lochinlari" 1:1
"Kimyogar 1984" - "Furqat" 5:3
"Neftchi BO'FM" - "Do'stlik" 2:1
"Yoshlik" - "Atlaschi" 1:3

3-tur o'yinlari 29-30 iyun hamda 1-iyul kunlari bo'lib o'tadi.

"A" guruhi. 3-tur.
29-30 iyun.


"Neftchi Hamza" - "2-BO'SM"
"FarDU" - "Beshariq"
"Zafar" - "Bag'dod"
"Cementchi" - "Yaypan"
"Farg'ona - Roshidon"

V guruhi. 3-tur.1-iyul.

"Atlaschi" - "BO'SM"
"Do'stlik" - "Yoshlik"
"Furqat" - "Neftchi BO'FM"
"Yozyovon-Lochinlari" - "Kimyogar 1984"
"Farg'ona FMM" - "Toshloq"



Farhodjon Uzoqov tayyorladi


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Ilhomjon
28 jun 2021
Boğdodga omad
FAQAT OLG'A
28 jun 2021
Yozyovon Lochinlari klubiga omad
Иномжон Уринбоев
28 jun 2021
Эх Мансур, Дилёр, Паша, Муйдин Нефтчи учун канча хизмати синган эди. Вакт хаммасини унутгизиб юборарканда. Бир кун барибир Нефтчига кайтишларингни кутаман хох мурабий булиб.
ovechkin 64
28 jun 2021
Цементчи жамоасига омад!!!
Rustam8929
28 jun 2021
bagdod yutmaganmidi ikkinchi turda , shunday chiroyli stadionda uynab oliy maqsadga intilish kerak, xudo xoxlasa bizni xam rayondan superliga uyinlarini kurish nasib qilsin