Farhod Nishonov: "Olimpik"dan ko'ra bugun bizning jamoada ishtiyoq yuqoriroq ekani ko'rindi"

Sherzod Nurmatov
18 apr 2025
Pro liganing 3-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Olimpik-MobiUz" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Olimpik" yaxshi jamoa. Uchrashuvdan oldin raqib ishtirokidagi o'yinlarni tahlil qilib chiqdik. Jamoa ortda qolgan o'yinlarda ochko yo'qotib kelayotgandi. Bizda ham vaziyat ayni shunday edi. 

Ikki jamoaga g'alaba zarur bo'lgani uchun o'yin kurashlarga boy va murosasiz kechdi. Nazarimda, bugungi uchrashuvda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq bizning jamoada kuchliroqdek ko'rindi. Yigitlarga raxmat! Mavsumdagi birinchi g'alabamizni qo'lga kiritib, bosimni engib o'ta oldik", – dedi Nishonov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia