

Futbolchimiz Italiya poytaxti Rimda "Villa Styuart" klinikasida professor Mariani tomonidan operaciya qilindi. Ma'lum bo'lishicha, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va ayni paytda hujumchimiz o'zini yaxshi his qilmoqda.
Bugun O'zbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov futbolchimiz holidan xabar olish uchun kasalxonaga tashrif buyurdi va Farruh Ikromovga salomatlik tilab, tezroq sog'ayib kyetishi uchun kerakli yordam berishga tayyorligini bildirdi.



