Fati operaciyaga rozilik bildirdi

Eldor Akmurzayev
8 noya 2020
Avvalroq, “Barselona” forvardi Ansu Fati “Betis” (5:2) bilan o'yinda tizzasidan jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Kataloniyaliklar matbuot xizmati xabar berishicha, Fati 9 noyabr, dushanba kuni jarrohlik stoliga yotadi. Operaciyadan keyin esa uning qachon safga qaytishi ma'lum bo'ladi.

18 yoshli hujumchi joriy mavsum “Barsa” safida 10 o'yinda qatnashib, 5+4 natija ko'rsatib turgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com