

O'tgan hafta Qo'qonda mahalliy “Qo'qon” faxriylari bilan kuch sinashgan “Andijon” faxriylar jamoasi turnir reglamentiga ko'ra, kecha o'z maydonida javob o'yinini o'tkazishi lozim edi. Aytish joizki, ushbu jamoalarning dastlabki o'yinida 5:1 hisobi qayd etilgandi. Shu bois andijonliklarning keyingi bosqichga chiqishi uchun kamida 4:0 hisobidagi g'alaba qoniqtirardi. Va bu bilan ular Toshkentda o'tadigan yarim final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritardi.
Shu bois mezbonlardan sermahsullik talab etilardi. “Qo'qon” faxriylar jamoasi esa tabiiyki o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolish uchun harakat qilardi.
Shu bois mezbonlardan sermahsullik talab etilardi. “Qo'qon” faxriylar jamoasi esa tabiiyki o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolish uchun harakat qilardi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, mazkur bahs o'z poyoniga etmagan. Sababi qo'qonliklar hisob 3:0 ko'rinishda bo'lib turganida, norozilik bildirib, maydonni barvaqt tark etgan. Uchrashuvdagi hakamlik “Qo'qon” faxriylar jamoasida etirozlarni keltirib chiqargan va ma'lum vaqt bu borada anchagina tortishuvlar yuzaga kelgan. Aytish lozimki, o'yinni andijonlik Akmal Rahimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borgan.
Championat.asia bunga jiddiy qaraydi va har ikki tomon vakillari bilan muzokara o'tkazgan xolda, vaziyatga oydinlik kiritadi. Voqealar rivojini saytimizda kuzatib boring.



