Chorshanba kuni "Real" "Real Sosedad"ga qarshi Ispaniya Kubogi yarim final birinchi uchrashuvida maydonga tushadi
"Marca"ning xabar berishicha, urugvaylik bu bellashuvda maydonga tushmaydi. Valverde bir oydan ko'proq vaqt davomida tizza mushaklarida og'riq sezmoqda – "Selta"ga qarshi 16 yanvar kuni Kubok o'yinidan buyon. Futbolchi tiklanish jarayonini davom ettirmoqda va "Betis"ga qarshi yakshanba kungi uchrashuvga va Chempionlar Ligasi doirasida chorshanba kungi "Madrid derbisiga" tayyor bo'lmoqchi.
Bundan tashqari, Kilian Mbappe ham umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etmagan.
Izohlar