

"Real Madrid" futbolchisi Federiko Valverde Ispaniya La Ligasining sentyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. "Real" xavbeki ushbu oyda chempionatda uchta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol va bitta assist qayd etdi. Ushbu o'yinlarning barchasida "Real Madrid" g'alaba qozonishga erishdi.




