

"Corriere dello Sport"ning yozishicha, Joze Mourinyu bosh murabbiyligidagi klub ushbu transferni amalga oshirishga yaqin turibdi.
27 yoshli futbolchining xizmatlariga "Olimpiakos" va "Galatasaroy" tomonidan qiziqishlar bo'ldi. Biroq ular "Fiorentina" so'ragan pulni to'lay olmadi.
Garchi italiyaliklar transfyerdan 15 mln evro talab qilgan bo'lishsa-da, turk klubining ushbu taklifiga ijobiy qarashgan.
Marokashlik futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Manchester Yunayted" tarkibida o'tkazdi va 30 o'yinda maydonga tushdi.



