"Fenerbaxche" oradan 10 yil o'tib yana Turkiya Kubogida g'olib bo'ldi

Omonjon To`xtamirzayev
12 iyun 2023
"Fenerbaxche" Turkiya Kubogi finalida "Istanbul Bashakshexir" (2:0) ustidan g'alabaga erishdi.

Istanbul shahri jamoasi safida Mishi Batshuayi 1 va 29-daqiqalarda gol urib, dublga erishdi.

"Fener" ushbu sovringa 7-marta ega chiqdi. Oxirgi marta jamoa kubokda 10 yil avval (2012/13-yilgi mavsumda) g'olib bo'lgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia