"Fenerbaxche" prezidentining kokainga topshirgan testi musbat chiqdi

Aslanov Jasurbek
24 dek 2025
"Fenerbaxche" prezidenti Saranning kokain uchun testi musbat natija berdi.

"Fenerbaxche" prezidenti Sadettin Saranning giyohvand moddalar uchun topshirgan testi musbat chiqdi, deya xabar beradi "Fanatik".

Manba ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan juma kuni Saran "giyohvand moddalarni tarqatish, istemol qilish va istemolga ko'maklashish" ishi bo'yicha ko'rsatma berish uchun sudga chaqirilgan. "Fenerbaxche" prezidentidan giyohvand moddalar bor-yo'qligini aniqlash uchun testga sochidan namuna olingan – tahlil kokainga musbat natija ko'rsatgan.

Xabar qilinishicha, Sud-tibbiyot ekspertizasi institutining xulosasi Istanbul Bosh prokuraturasiga yuborilgan. Saran garov evaziga va mamlakatdan chiqmaslik to'g'risidagi tilxat bilan ozod qilingan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fanatik