Fernando "Manchester Siti"dan "Liverpul"ga o'tishi mumkin
Narzulla Saydullayev
17 mar 2016
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fernando faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda "Mirror" nashri.
Braziliyalik futbolchi yozda transferga qo'yiladi. Sababi klubning yangi ustozi Xosep Gvardiola uni o'z rejalariga kiritmayapti. "Qizillar" sportchi uchun 10 million funt berishga tayyorlar.