Fernando Torres qaysi jamoani boshqarishi ma'lum

Khoja
25 apr 2024
Atletiko Mning yoshlar murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Fernando Torres kelasi mavsum Madrid jamoasining dubli bilan ishlaydi.

Ma'lumotlarga qaraganda, madridliklar rahbariyatiga Fernando Torresning yoshlar bilan ishlashi maqul kelgan va endi unga jamoaning ikkinchi tarkibini ishonib topshirishga qaror qilishgan.

Ma'lumot uchun, Atletiko Mning ikkinchi jamoasi hozirda Ispaniyaning uchinchi ligasida faoliyat olib boradi. Fernando Torres o'zi esa 2019 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng Madrid jamoasining yoshlari bilan ishlashni boshlagan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com