Ferran Torres sotib yuboriladi, o'rniga ikki hujumchi keladi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2026
Kataloniyaning "Barselona" klubi yozgi transfer oynasida tarkibda jiddiy o'zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.

ESPN nashrining xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar" Ferran Torres bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Klub rahbariyati 37 yoshli Robert Levandovskini olib qolishni, 26 yoshli Torresni esa sotib, undan kelgan mablag' evaziga ikkita yangi hujumchi sotib olishni afzal ko'rmoqda. Ispaniya terma jamoasi a'zosining sotuvidan yaxshigina foyda ko'rish ko'zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, Ferran Torres joriy mavsumda "Barselona" libosida barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, "Transfermarkt" portali futbolchini 50 million evroga baholamoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN