Fevzi Davletov: "Raqibning qizil kartochkasi sabab o'yinni nazorat qila oldik"

Sherzod Nurmatov
30 nov 2024
Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Olimpik" (3:0) o'yinidan keyin mezbonlar ustozi Fevzi Davletov fikrlarini bildirdi.

"O'yin borasida yaxshi harakat qildik, hujumda ham ishlarimiz yurishdi. O'ylaymanki, birinchi bo'limda barchasini uddalay oldik, vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo'limga yaxshi kayfiyatda chiqib keldik.

Raqibning qizil kartochkasi sabab ham o'yinni nazorat qila oldik va o'zimizga kerakli natijaga erishdik. Yigitlarni, muxlislarni tabriklayman", – dedi Davletov.

- "Surxon" uchun bugungi natijaning ahamiyati yo'q edi. Bunday holatda jamoaga qanday qilib motivaciya bera oldingiz?

- "Metallurg" bilan o'yin oldidan bizda nazariy jihatdan "Paxtakor"dan o'tib ketish imkoni bor edi. Bugun esa yigitlarga o'zlariga kelib olishlarini va uy o'yinida g'alaba qozonishimiz shart ekanligini tushuntirdik. Yigitlar barchasini to'g'ri tushunishdi va g'alaba qozonishdi. Shu sababli g'alabaga erishdik. 

- "Olimpik"ning pley-offdagi imkoniyatlarini qanday hisoblaysiz? 

- Ularga omad tilayman. Ularda pley-offda g'alaba qozona olish uchun barcha narsa bor. Murabbiylar shtabi buning uchun barchasini qiladi deb o'ylayman.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar