

Manba ma'lumotlariga ko'ra, tekshiruv natijasida "Al Nassr" endilikda barcha reglament talablariga to'liq javob berishi aniqlangan.
Mazkur cheklov 2025 yil dekabr oyida joriy etilgandi. "Arriyaditah" nashriga qaraganda, bunga sabab "Al Nassr" himoyachi Emerik Lyaportni "Manchester Siti"dan olib kelish bo'yicha to'lovlardan birini amalga oshirmagan - Saudiya Arabistoni klubi 9 million evro to'lashi kerak bo'lgan.
"Al Nassr" safida "Oltin to'p"ning 5 karra sohibi va Chempionlar Ligasining 5 karra g'olibi - hujumchi Krishtianu Ronaldu to'p tepadi.



