FIFA Fransiyaning appelyaciyasini rad etdi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2022
FIFA Fransiya - Tunis o'yinidagi Grizmanning golini hisoblashni xohlamadi.

"FIFA intizom qo'mitasi 30 noyabr kuni Fransiya futbol federatsiyasi bergan appelyaciyani rad etadi", - deyiladi rasmiy bayonotda.

Eslatib o'tamiz, Fransiya hamda Tunis o'rtasidagi bahs 0:1 hisobida afrikaliklar g'alabasi bilan yakun topgan edi. Bahs oxirida Grizmann hisobni tenglashtirgandi, biroq bosh hakam VAR qaroridan so'ng ofsayd tufayli golni bekor qilgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN