FIFA penaltidan keyingi zarbani taqiqlamoqchi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2025
FIFA hakamlar qo'mitasi rahbari, afsonaviy sobiq hakam Perluiji Kollina o'yin vaqtida qaytarilgan penaltidan keyin yo'llanadigan zarbani taqiqlash niyati borligini ma'lum qildi.

Yangi qoidaga ko'ra, agar darvozabon to'pni qaytarsa yoki to'p darvoza ustuni (yoki to'sini)ga tegib qaytsa, unda zarbadan unumli foydalanilmagan deb hisoblanadi.

Tepuvchi darvozabonga nisbatan juda katta ustunlikka ega degan fikr mavjud, chunki darvozabonga hatto sakrashdan oldin darvoza chizig'idan oldinga chiqib kyetish taqiqlangan.

Amaldagi qoidada faqat uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasidagi zarbalar taqiqlangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC