

Xatda Janni Infantino O'zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan mamlakatda futbolni yuqori bosqichga olib chiqish, milliy futbol saviyasini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar va chora-tadbirlarga yuqori baho berar ekan, buning uchun butun dunyo futbol jamoatchiligi nomidan o'z minnatdorchiligini bildirib o'tgan.
Shuningdek, FIFA Prezidenti “Lokomotiv” futbol klubi ketma-ket ikkinchi marta mana shunday yuksak natijani qo'lga kiritgani klubning barcha xodimlari mehnati natijasi ekanligini ta'kidlab o'tib, “Lokomotiv” futbolchilari, murabbiylari, barcha xodimlari, shuningdek, jamoa ishqibozlariga o'zining ezgu tilaklarini yo'llagan.




