

Toshkentda bo'lib o'tadigan FIFA Series musobaqasida Venesuela tarkibiga kiritilgan Jefferson Savarino turnirda ishtirok etmaydigan bo'ldi.
"Fluminense" yarim himoyachisi FIFA kunlaridagi o'yinlarga qo'shilishga tayyor emasligini ma'lum qilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 30 mart kuni aynan Venesuelaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida 19:00 da boshlanadi.



