FIFA19 o'yinida hakamni o'chirib qo'yish imkoniyati paydo bo'ladi

Aslanov Jasurbek
10 avg 2018
Sentyabr oyida sotuvga chiqadigan FIFA19 futbol simulyatori haqida bazi ma'lumotlar paydo bo'ldi.

O'yinda jon saqlab qolish rejimi paydo bo'ladi. Agarda siz raqib darvozasiga gol ursangiz, jamoangizning bir futbolchisi yo'qoladi. Bahs 5ta golgacha davom etadi.

Boshqa rejimlarda hakamni o'chirib qo'yish (qo'pollik va offsaydlar qayd etilmaydi) imkoniyati paydo bo'ladi. Bundan tashqari, o'yinda faqat bosh bilan urilgan gollar hisoblanadigan rejim ham bo'ladi.

FIFA19 o'yini 28 sentyabr kuni sotuvga chiqadi. O'yinning ushbu sonida Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi turnirlari paydo bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: eurogamer.net