

Shartnoma tafsilotlariga oydinlik kiritilmagan. Avvalroq, 32 yoshli futbolchi "binafsha ranglilar" safiga erkin agent sifatida o'tishi va 1 yillik shartnoma tuzishi e'lon qilingandi.
"Fiorentina" – Kaseresning faoliyatidagi to'rtinchi Italiya klubi hisoblanadi. Bunga qadar u "Yuventus", "Verona" va "Lacio" jamoalarida o'ynagan.



