

23 yoshli braziliyalik "binafsharanglar" tarkibida "Yuventus"ga o'tgan Dushan Vlaxovich o'rnini egallashi ko'zda tutilgan.
Italiya klubi yangi futbolchi uchun 14 million evro + bonuslar to'lagan.

Kabral "Fiorentina" bilan 2026 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. U 9-raqamni oldi.
Hujumchi “Bazel” safida 106 ta o'yin o'tkazib, 65 ta gol urgan va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
"Fiorentina" Kabral uchun kurashda "Barselona" va "Milan"dan ustun keldi.

