“Fiorentina” – “Yuventus”. Isla o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

“Yuventus” klubi yarim himoyachisi Maurisio Islaning Italiya chempionati 8-turidan o'rin olgan “Fiorentina”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.

Chili terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi, Jahon chempionati-2014 saralash bahslari doirasida, Kolumbiyaga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda (3:3) jarohat olib noma'lum muddatgacha safdan chiqqan, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport.

Manbaning xabariga ko'ra jarohat olgan Stefan Lixtshtayner, Martin Kaseres va Simone Pepelarning maydonga tusha olmasliklari sababli, “Fiorentina”ga qarshi o'yinda qanot yarim himoyachisi sifatida Pol Pogba o'ynashi ham mumkin.

Eslatib o'tamiz, Fiorentina” – “Yuventus” bahsi yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.


Manba: sports.ru