Firpo 15 mln evro evaziga "Lids"ga o'tishga yaqin

Alisher
30 iyun 2021
"Barselona" himoyachisi Junior Firpo "Lids"ga o'tishga yaqin.

Tez orada Firponing "Lids"ning yangi o'yinchisi sifatida namoyish etilishi kutilmoqda. 

O'yinchi uchun bir nechta davogarlar bor edi, ammo himoyachi faoliyatini Marselo Belsa klubida davom ettirishni maqul ko'rdi. "Lids" himoyachi uchun kataloniyaliklar tomonidan talab qilingan 15 mln evroni to'lashga rozi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Junior Firpo 2019 yilda "Betis"dan "Barselona"ga 18 mln evro evaziga o'tgandi. Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal