

Flikning aytishicha, u Reshfordning gollaridan ajablanmagan, chunki u Kataloniya klubi mashg'ulotlarida ham xuddi shuni ko'rsatadi. Mutaxassis o'z jamoasida shunday futbolchi borligidan xursand ekanligini ta'kidladi.
"Markus bizga ko'proq hujum variantlarini taqdim etadi. Bu ikki gol haqiqatan ham unga oldinga qadam tashlashga yordam beradi va kelajakka ishonch bag'ishlaydi. Men u uchun juda xursandman", – deya qo'shimcha qildi Flik.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" Markus Reshfordning dubli evaziga mehmonda "Nyukasl"dan 2:1 hisobida ustun keldi. U shu yozda "Manchester Yunayted"dan kelib qo'shilgan edi.



