Flik Gvardiolaning rekordini takrorladi

Administrator
22 mar 2026
Flik "Barsa"ning La Ligadagi uy uchrashuvlaridagi g'alabali seriyasi bo'yicha Gvardiolaning rekordini takrorladi.

"Barselona" La Ligadagi uy uchrashuvlaridagi rekord g'alabali seriyasini takrorladi. Ispaniya chempionatining 29-turida Hans-Diter Flik boshchiligidagi Kataloniya jamoasi o'z maydonida "Rayo Valekano"ni 1:0 hisobida mag'lub etib, La Ligadagi uy uchrashuvlaridagi g'alabali seriyasini 15 ta o'yinga etkazdi.

Nemis mutaxassisi bu bilan Pep Gvardiola tomonidan 2010/11 yilgi mavsumda o'rnatilgan "Barselona"ning XXI asrdagi murabbiylari orasidagi rekordni takrorladi.


AdministratorMuallif
Manba: Opta Sports