Flik: “Minbardagi madaniyatsiz muxlislarga qarshi chora ko'rishimiz lozim”

“Bavariya” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Bundesliganing 24-turidan o'rin olgan “Xoffeynxam”ga (6:0) qarshi uchrashuvda muxlislar bilan yuzaga kelgan muammoli vaziyat haqida gapirdi.

Mazkur uchrashuvda myunxenlik muxlislar minbardan turib raqib jamoa prezidenti Ditmar Xopp shaniga haqoratli so'zlarni “yog'dirishdi” natijada bosh hakam ikki bor uchrashuvni to'xtatib turishiga to'g'ri keldi. Natijada bahsning qolgan qismini jamoalar shunchaki maydon markazida to'pni bir birlariga uzatib, yakunlashdi.

“Men bu holat uchun uzr so'rayman, “Bavariya” va “Xoffeynxaym” bunday holatga qarshi chora ko'rishi lozim. Bu juda yomon harakat. Bunday bo'lishi mumkin emas. Biz tribunadagi madaniyatsiz muxlislarga qarshi birlashishimiz lozim.

Men minbarga borishni istamadim, ammo bo'lib o'tgan voqealardan chuqur afsusdaman. Yigitlar butun uchrashuv davomida ko'rsatgan ajoyib o'yinlarini bu holat yo'qqa chiqardi. Bu meni g'azablantirdi”, deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Ttvitterdagi Bayern & Germany sahifasi.


Muqova: Bayern & Germany

Izohlar

Nozim 7 Ribery 7
1 mar 2020
Lanati bir ikita tirraqi hammasini rasvo qildi...
Abbosbek Parpiyev
1 mar 2020
xaqoratli banner kotarganlari juda yomon bolibdi. lekin muxlislarning noroziligida xam
inamjon
1 mar 2020
Agar muxlislar Xoffenxaymga shaxsiy klub bolishga imkon berilishiga qarshi norozilik bildirishgan bolsa men muxlislar tarafdaman
Revolver
1 mar 2020
G'arbni madaniyatini ulug'laydiganlardan kommentlar kutib qolamiz.