Bundesliga va ikkinchi darajali liganing keyingi turidan boshlab tajriba sifatida hakamlar VARdan so'ng o'z qarorlarini ommaga tushintirishadi. Bu yangilik faqat hakam VAR monitoriga borganidan so'nggina amalda qo'llaniladi.
Bu g'oya dastlab quyidagi bahslarda sinab ko'riladi: "Bavariya" - "Xolshtayn Kil", "Sankt Pauli" - "Augsburg", "Fortuna" - "Ulm", "Ayntraxt" - "Volfsburg", "Bayer" - "Xoffenxaym". Keyinchalik tajriba "Borussiya" Dortmund, "Frayburg", "Leypcig" va "Groyter Fyurt" stadionlarida o'tkaziladi.
Izohlar