Forbes. Dunyoning eng syerdaromad sportchilar reytingi tuzildi

Khoja
16 may 2025
Forbes jurnali 2025 yildagi eng ko'p daromad qilayotgan sportchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Ro'yxatning birinchi o'rnidan “Al Nassr“ hujumchisi Krishtianu Ronaldu joy oldi. Futbolchining bir yillik daromadi 275 million evro bo'lgan. Shuningdek, TOP-5 dan yana bir futbolchi Lionel Messi joy oldi. Sakkiz karra “Oltin to'p“ sohibi yil davomida 135 million evro ishlab olgan.

TOP-5 ro'yxat bilan tanishing:

1. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 275 million dollar,

2. Stefen Karri (basketbol) – 156 million dollar,

3. Tayson Fyuri (boks) – 146 million dollar,

4. Dak Preskott (Amerika futboli) – 137 million dollar,

5. Lionel Messi (futbol) – 135 million dollar.


KhojaMuallif
Manba: Forbes