Fors Ko'rfazi kubogi. BAA va Ummon yarim finalda

Narzulla Saydullayev
21 noya 2014
2014 yilgi Fors Ko'rfazi kubogi musobaqasi guruh bosqichi yakunlandi.
Kecha "B" guruhida uchinchi tur o'yinlari bo'lib o'tdi. BAA Iroq ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ummon esa Quvayt darvozasiga javobsiz beshta gol urib guruhda birinchi o'rinni egalladi - 5:0.

Shu tariqa, ushbu guruhdan Ummon va BAA yarim finalga chiqishdi.



1-tur. 14 noyabr
BAA - Ummon 0:0
Iroq - Quvayt 0:1



2-tur. 17 noyabr
BAA - Quvayt 2:2
Gollar:
Ali Mabxut 18, 35 - Yusuf Al Sulaymon 37, Badr Al Mutva 39.

Iroq - Ummon 1:1
Gollar
: Yosir Al Kadafaje 14 - Ahmad Al Mahaijri 51 penalti.


3-tur. 20 noyabr
BAA - Iroq 2:0
Gollar:
Ali Mabxut 50, 62.

Quvayt - Ummon 0:5
Gollar:
Al Muqbali 44, 90, Al Razaiqi 45+3, 48, 59.

#JamoalarO'YUDMT-NO
1Ummon31206:15
2BAA31204:25
3Quvayt31113:74
4Iroq30121:41



Yarim final juftliklari:
23 noyabr
Ummon - Qatar
Saudiya Arabistoni - BAA

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia