Fransiya klubi Mertensni nishonga oldi

Alisher
7 iyul 2022
"Napoli" bilan mehnat shartnomasi yakunlangan belgiyalik hujumchi Dris Mertens faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Belgiya terma jamoasi forvardining xizmatlariga "Marsel" qiziqish bildirmoqda. Klub Mertensning agenti bilan muzokaralarga kirishdi. Drisning vakili klub rahbariyati bilan shaxsan gaplashish uchun Fransiyaga uchib ketdi.

Eslatib o'tamiz, belgiyalik Neapol klubida 2013 yildan beri o'ynamoqda.

Hujumchi "Napoli" libosida 397ta o'yinda maydonga tushib, 148ta gol va 90ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Footmercato