Franciya. PSJ 10 kishi bo'lib qiyin g'alabaga erishdi

Mirjalol Normatov
3 dec 2023
Franciya chempionatining 14-turida PSJ safarda qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.

Gap shundaki, parijliklar bahsning 10-daqiqasidayoq bir kishi kam bo'lib qolishdi. Darvozabon Janluijji Donnarumma maydondan chetlatilganidan keyin Kilian Mbappe hisobni ochdi. Uchrashuv yakuni arafasida Vitinya nuqtani qo'ydi, 2:0.

Gavr – PSJ 0:2

"Stad Okean"

Gollar: 0:1 – 23 Mbappe, 0:2 – 89 Vitinya.

Gavr – Dema, Nego (Aliui, 46), Loris, Kenku, Sangante (Gransir, 87), Operi, Kuzyaev, Ture (Juju, 46), Keshta (Ndiaye, 80), Kazimir (Sabbi, 66), Bayo.

PSJ – Donnarumma, Xakimi, Mukiele (Shkrinyar, 74), Danilu Pereyra, Soler (Ernandes, 75), Fabian Ruis (Ugarte, 8), Vitinya, Li Kan In, Dembele (Kolo-Muani, 74), Barkolya (Tenas, 12), Mbappe.

Ogohlantirish: Operi (68), Aliui (76), Danilu Pereyra (87).

Chetlatish: Donnarumma (10).


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar