Frenk Lempard: “Maydonda g'alaba uchun faqat biz harakat qildik”

Aslanov Jasurbek
30 noya 2020
“Chelsi” ustozi APL 10-turi doirasida “Tottenxem”ga qarshi bahsdan (0:0) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“O'yinning ko'p qismida biz maydonda ustunlik qildik. Juda yaxshi o'yin o'tkazdik. O'yin oxirida o'zimiz qilgan xatoni hisobga olmasak, raqib deyarli umuman imkoniyatga ega bo'lmadi. Etarlicha vaziyatlar sodir qildik. G'alaba uchun keraklisini qildik, ammo eng yakunda bizga omad yetishmadi. Bazan jamoang o'yinda ustunlik qilar ekan va gol ura olmaskan, u holda faqat omad kerak bo'ladi. Ushbu bahsda g'alaba uchun faqat bir jamoa harakat qildi, u ham bo'lsa biz”, - deydi Lempard.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: “Челси” расмий сайти