"Fulxem" hujumchisi Serbiyada yil futbolchisi bo'ldi
Aslanov Jasurbek
18 dek 2018
"Fulxem" forvardi Aleksandr Mitrovich Serbiyada joriy yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Bu faoliyatimdagi eng katta sovrinlardan biri. Mehnat va harakatlarim o'z mevasini berdi. O'z mamlakatingda seni qadrlashlari juda yoqimli" - deydi Mitrovich.
Mitrovich joriy yil "Fulxem"ni Chempionshipdan Premer-ligaga olib chiqdi.