Futbolda ko'k kartochkalar joriy etilishi mumkin, uning vazifasi malum

Оқил Абдубарноев
8 feb 2024
Bu haqda keyingi hafta qaror elon qilinadi.

Futbol olamida yangi inqiloblar yaqinlashmoqda. Xalqaro Futbol Associaciyalari Kengashi (IFAB) ruxsat berganda taqdirda ko'k kartochkalar joriy etilishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, ko'k kartochka olgan futbolchi 10 daqiqaga chetlatiladi va keyinchalik maydonga qaytishi mumkin.

Kartochka sportga xos bo'lmagan qoidabuzarlik (qizil kartochka ko'rsatishga xos bo'lmagan) sodir etgan yoki hakam qarorlarini tanqid qilgan futbolchilarni malum muddat o'yindan chetlatishga xizmat qiladi.

Agar futbolchi bir o'yin davomida ikkita ko'k yoki sariq va ko'k kartochkalarini oladigan bo'lsa, u qizilga aylanadi.

Ko'k kartochkalar allaqachon Uelsda sinovdan o'tkazilgan. Hozircha yirik musobaqalarda bu qoidani joriy etish ko'zda tutilmagan. Yakuniy qaror kelasi juma qabul qilinadi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: Telegraph

Izohlar

Husniddin Bukaboyev
8 feb 2024
Futbolga oʻzgarirtirishlar kerak emas,oʻzi shundoqxam futbolni jozibadorligi yoʻqolib boryapti.
Fc Milan20
8 feb 2024
Hakam bilan bahslashgan, Iroqlik hujumchi singari qanaqadir masxara qilishlar bo'lsa futbolchilarga boshqacha jazo tayinlash kerak. Lekin futbolchini 10 daqiqa maydondan tashqari bo'lishi uncha o'zini oqlamasa kerak. Undan ko'ra shu moviy kartochka kuchi keyingi o'yinga ta'sir qilsin. Masalan, qaysidir o'yinchi sariq kartochkasi bor. Keyin u o'zini bosa olmay, hakammi yoki raqib bilan sen-menga borsa unga shu kartochka ko'rsatiladi va u shu o'yinni emas, keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi. Xuddi qizil kabi ta'sir qiladi. Bitta turnir yoki o'yinda ikkita moviy bo'lsa, u ham qizil. Sariq kartochka to'p uchun kurashdagi epizodlarga ko'rsatilishi kerak deb o'ylayman
Don K'arleon
8 feb 2024
Бу тизим хам жорий қилинса Осиё кубокларида яқин 100 йил ичида фақат араб давлатлари чемпион бўлаверади. Биз учун эса миссия хамон ўш-ўша: Жахон чемпионатига чиқиб муносиб иштирок этиш ва имкон қадар яхши футболчилар етиштириб уларни Европага йўналтириш...
Bu shunchaki o'yin
9 feb 2024
Ola kartochka ham joriy etishsin endi
9 feb 2024
Futbo'l o'lib bormoqda azizlar.... Biz bilgan futbo'l endi yo'q - Miroslav Klose!
Д.11.02.
9 feb 2024
БИЗНИНГ СУПЕРЛИГАМИЗДАГИ ХАКАМЛАРИМИЗ АЙНИКСА ЖАНОБ АСИМОВ ВАРДА УТИРИБ ЯШИЛ БИЛАН КИЗИЛНИ АЖРАТОЛМАГАНДИ ,БУ РАНГЛАРДИ УМУМАН АЖРАТОЛМАСА КЕРАК.