Futzal bo'yicha YCHL. “Barselona” finalda o'tgan mavsumdagi mag'lubiyat uchun “Sporting”dan revansh oldi

Eldor Akmurzayev
2 may 2022
Rigada futzal bo'yicha Chempionlar Ligasi 2021/22 yilgi mavsum finali “Barselona” hamda “Sporting” o'rtasida bo'lib o'tdi.

Unda kataloniyaliklar 4:0 hisobida raqiblarini taslim etib, o'tgan mavsumdagi mag'lubiyat (3:4) uchun o'ziga xos revansh olishdi. Umuman “ko'kanorranglilar” o'z tarixida 4-marotaba ushbu musobaqada zafar quchdi. Bu borada rekord esa Ispaniyaning boshqa bir klubi “Inter”ga (5 ta titul) tegishli.

Eslatib o'tamiz, 3-o'rin uchun bahsda “Benfika” 5:2 hisobida “Aner-syur-Sen Vilnyov” (Fransiya)ni mag'lubiyatga uchratdi.

"Barselona" (Ispaniya) - "Sporting" (Portugaliya) 4:0

"Riga Arena"

Gollar: Losano 16, Pito 19, Ferrao 21, Plana 39

Ogohlantirishlar: Diego 23, Povil 37 - Anjelu 8, Valtinyu 10, Pasu 20, Kardinal 23, Erik 31.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia