Futzal bo'yicha Oliy liga. BMB "Nasaf"ga 7 ta gol urdi (+ yakuniy musobaqa jadvali, ramziy jamoa)

Sherzod Nurmatov
24 jan 2025
Bugun futzal bo'yicha Oliy liga uchrashuvlari muddatidan oldin yakuniga etkazib qo'yildi.

"Yunusobod" sport majmuasi mezbonligidagi dastlabki 2 ta uchrashuvda OKMK "Bunyodkor"ni 5:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, vice-chempion "Oil Star" "Dizak" bilan durang o'ynadi. Kunning chempion ishtirokidagi so'nggi bahsida BMB "Nasaf"ni sinovdan o'tkazib, 7:2 hisobida zafar quchdi. 

"Nasaf" – BMB 2:7 

Gollar

"Nasaf" (dastlabki beshlik): 1.Jasur Rizbonov, 8.Isoxon Ibragimov, 10.Shohruh Norqulov, 13.Asilbek Vafoev, 14.Konstantin Sviridov.

Zaxira: 3.Shukrullo Rasulov, 6.Xurshid Rahmonov, 7.Mamasharif Halimov, 9.Jasur Halimov, 11.Javlon Anorov, 15.Samandar Rizaev, 18.Oybek Polvonov.

BMB (dastlabki beshlik): 1.Ravshan Eliboev, 11.Bolt, 14.Joazino, 17.Muzaffar Ahadjonov, 26.Paulo Enrike.

Zaxira: 2.Abbos O'lmasbekov, 12.Abbos Elmurodov, 3.Mashrab Adilov, 5.Shahzod Sadiev, 7.Akbar Usmonov, 8.Ashirbek To'lqinov, 9.Dilmurod Shavkatov, 16.Vitino, 20.Serjino.


Oliy liga-2024/25 yakuniy musobaqa jadvali


Mavsum ramziy terma jamoasi: Abbosbek O'lmasbekov (BMB), Behruz Samiev ("Oil Star"), Davlat Ibragimov (OKMK), Ahmadxon Jalolov ("Lokomotiv"), Muzaffar Ahadjonov (BMB)


Mavsumning eng yaxshi murabbiyi – Nodir Eliboev (BMB)


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Тож
25 jan
Нега мавсум тез тугаб қолди? Бор-йўғи 11та ўйин? Бирорта чет эллик футболчи ҳам яхшиларга тан олинмабди.
Mirjon Salomov
24 jan
Menga ham layk bosing