Futzal. "Neftchi" Farg'onada "Dinamo" bilan durang o'ynab Oliy ligaga yo'llanmani qo'lga kiritdi

Aslanov Jasurbek
21 may 2021
Bugun Farg'ona shahridagi "Futbol markazi" maydonida futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati Birinchi liga bahslarining hal qiluvchi o'yini bo'lib o'tdi.

 Mazkur bahsda Farg'onaning "Neftchi" va Samarqandning "Dinamo" futzal jamoalari Oliy liga yo'llanmasi uchun kurash olib bordilar.

O'yin hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lganligi bois keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Har ikki jamoa vakillari maydonda faqat g'alaba uchun kurash olib bordilar. Qiziqarli va tomoshabop ruhda o'tgan o'yin 2:2 hisobida jangovor durang natija bilan yakunlandi. Ushbu natida farg'onaliklarga Oliy liga yo'llanmasini taqdim etdi.

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati. 

Birinchi liga. 2-davra.

"Neftchi" - "Dinamo" 2:2 (0:0)

Farg'ona shahar "Futbol markazi" maydoni.

Hakamlar: Nikita Afinogenov, Xushnud Atamurodov, Jamoliddin Qosimov.

Nazoratchi: Faxriddin Murodov.

Komissar: Jamshid Imamov.

Gollar: Sardorbek Alisherov, (1:0), Daler Esonqulov, (1:1), Qosim Safarov (1:2), Shuhratbek Rashidov-pen., (2:2).

"Neftchi": 1.Elyor Domlaev, 6.Sardorbek Alisherov, 10. Farhodjon Nematov, 13.Rashidxon Jabborov, 17. Mavlon G'aniev.

Zaxira: 12.Komiljon Nurmatov, 2. Shuhratbek Rashidov, 4.Dilmurod Yusubjonov, 11. Abdurahim Saidjonov, 14. Muhammadhalim Sotvoldiev, 15. Muhammadyusuf Muhammadjonov.

Bosh murabbiy: Farrux Zokirov.

"Dinamo": 2.Ikrom Karimov, 5. Qosim Safarov, 8. Shaxram Fahriddinov, 10.Muhammad Rajabov, 77.Doniyor Rajabov.

Zaxira: 1. Umidjon Maxramov, 7.Daler Esonqulov, 9.Nurillo Toshtemirov, 11.Timur Salimov, 12. Lazizbek Ubaydullaev, 21.Samariddin Berkinov, 19.Damir Mamadoliev, 99.Samandar Murodqulov.

Bosh murabbiy: Dilshod Xaydarqulov.


Bekzod Tolibov tayyorladi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Пулат
21 may 2021
Варата элер билан комилу узимизикилару
☆Sadriddin☆
21 may 2021
Фарух Зокиров шогирдларига катта рахмат кейинги фаолиятларига омад ёр бўлсин. Олға Нефтчи