Futzal. O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Qirg'izistonni mag'lub etdi

Tolibjon Qosimov
12 mar 2017
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston U-20 hamda Qirg'iziston U-20 terma jamoalari o'zaro dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi.

Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston U-20 hamda Qirg'iziston U-20 terma jamoalari o'zaro dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi. Bahs Toshkentdagi "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tdi. Qiziqarli va gollarga boy o'tgan o'yinda vakillarimiz so'nggi daqiqada Akbar Usmonov tomonidan qaychi uslubida kiritilgan supergol evaziga g'alabani ilib ketishdi.

O'rtoqlik uchrashuvi
12.03.2017
Toshkent, "O'zbekiston" sport majmuasi

O'zbekiston U-20 - Qirg'iziston U-20 5:4
Gollar:
R.Ismatullaev 6, X.Erkinov 15, A.Bayburin 26, A.Muhammadiev 39, A.Usmonov 40 - A.Tursunov 7, 31, 36, D.Isakov 19

O'zbekiston U-20: 1.Ramil Almamedov, 21.Doniyor Mahmudov, 1.Mirislom Miraliev, 2.Shohjahon Shonazarov, 3.Olim Vohidov, 4.Asli Muhammadiev, 5.Doniyor Tohirov, 6.Mehroj Xudoyberdiev, 8.Xusniddin Nishonov, 9.Ravshan Ismatullaev, 10.Timur Saydullaev, 11.Ilhom Hamroev, 13.Akbar Usmonov, 14.Xushnur Erkinov, 15.Artur Aminov, 29.Aliakbar Bayburin.

Qirg'iziston U-20: 16.Nurultan Abasov, 11.Mirlan Xoldubaev, 19.Damir Isakov, 12.Aktai Tashtanov, 7.Akubek Uulu Anarbek, 15.Nursultan Abdudaev, 3.Emir Jetubaev, 10.Mamat Xoldoshov, 9.Azimxan Yunusov, 17.Arstanbek Tursunov, 21.Tumarbek Makeev, 5.Kanai Nusupov, 1.Halil Boroshonov.

Ogohlantirish: A.Anarbek 33




Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Digital
12 mar 2017
Пахтакор-Динамо уйини куриб бир нарсалар деворгим келадию...
FREND
12 mar 2017
Muxlislardan iltimos chempionatimizni kelishilgan o'yinlari ko'p deb kopam gapiravermanglar shunchaki jamoalarimizni kuchi yetmasdi. Mana endi taktika bilan o'ynashni jamolarimizam bilvolishdi. Endi bunaqa natijalar ko'payaveradi (menimcha) Menga eng qiziq tuyulayotgani oldinlari Babayan Paxtakorni natijalariga qaranglar deb futbolchilari termaga chaqirganiga izoh berardi endi nima uchun Paxtakor futbolchilarini chaqirarkin! Nima derkin!
FREND
12 mar 2017
Dinamo shunday o'ynashda davom etsa O'zbekiston bo'ylab muxlislari kopayaveradi. Faqat toxtab qolma Dinamo! Surxondaryodan turib muxlislik qilamiz.
FREND
12 mar 2017
Jurnalistlarimizdan Dinamo futbolchilaridan intervyular olishini kutib qolamiz.
Solixov
15 mar 2017
Olg'a shovozlar!